25/Mart/2023 Jamiyat
MINSK, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Belarus davlat universiteti litseyida Navro‘z ayyomi tantanalari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Falastin davlatlari diplomatik vakolatxonlari vakillari hamda Belarusda tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirok etishdi.
Bayram tantanasi davomida o‘zbekistonlik talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy dastur mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbirda o‘zbek xalq hunarmandchiligi namunalari namoyish etildi hamda ishtirokchilarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Bayram mehmonlariga o‘zbek milliy taomlaridan palov va ko‘ksomsa ulashildi.