02/Fevral/2021 Jamiyat
TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Sinema of Sentral Asia» kinostudiyasi tomonidan «Uzbechka» («O‘zbek qizi») badiiy filmi suratga olinadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri agentlik maʼlumotiga tayanib.
Mazkur film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi. Shuningdek, ayollarning frontga jalb etilishi, urushdagi qiyinchiliklari gavdalantiriladi. Rejissyorning fikricha, mazkur kartina Zebo G‘aniyeva kabi urushda mardonavor jang qilgan ayollarga bag‘ishlanadi.
Tasvirga olish jarayonlari Toshkent viloyati hamda Belarusda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Filmning postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiyev Belarusda ijodiy safarda bo‘lib qaytdi. Film voqealarining asosiy qismi ushbu davlatda sodir bo‘ladi. Hozirda kasting jarayonlariga tayyorgarlik hamda ijodiy guruh tomonidan tasvirga olish joylari ko‘zdan kechirilmoqda.