Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/May/2022   Ta'lim

Barselona universiteti bilan taʼlim va ilm-fanning qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 MADRID, 27-may. /“Dunyo” AA/.  Ispaniyaning Barselona shahrida YUNESKO tomonidan tashkil etilgan Oliy taʼlim bo‘yicha 3-butunjahon anjumani ishida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyevning bir necha ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, Barselona universiteti rektorining oliy taʼlimdan keyingi va bardavom kadrlar tayyorlash loyihasi bo‘yicha vakili Mariya Kristina Sans bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya ilmiy doiralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, oliy taʼlimda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, tarix, arxeologiya, sanʼat, pedagogika sohalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Delegatsiya rahbari U.Toshkenboyev tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarni hayotga tayyorlash va “hech kim ortda qolmaydi” tamoyili asosida olib borilayotgan taʼlim tizimi transformatsiyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

O‘z navbatida, Mariya Kristina Sans O‘zbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berar ekan,  Barselona universitetidagi ilmiy maktablarni O‘zbekistondagi yo‘nalishlar bilan taqqoslash asnosida o‘zaro yaqin soha vakillari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlarni amalga oshirish yo‘li bilan hamkorlik yo‘nalishlarini yana-da batafsil muhokama qilishga chaqirdi.

Uning aytishicha, bu bilan nafaqat olimlar, balki magistratura, doktorantura bosqichi vakillari o‘rtasida ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, ushbu amaliy safar doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan Massachuset texnologiya instituti va Pompeu Fabra universiteti rahbariyati bilan ham qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish va akademik mobillikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingani barobarida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yaponiyaning taʼlim jabha...

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida yurtimizda telekommunikatsiya sohasida ...

Pekinda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xi...

Pekindagi elchixonamizda “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi rahbari Szan ...

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan turizm...

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi xodimlari Janubiy Koreyaning Kyonggi universiteti Tu...

So`nggi yangiliklar