Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2022   Sport

Bahodir Jalolov: 12-g‘alaba – 12- nokaut! «Katta o‘zbek» cho‘qqini zabt etishga intilmoqda

FRANKFURT-MAYN, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bahodir Jalolov Kertis Xarperni ikki marotaba kuchli zarb bilan yerga qulatib, o‘zining ketma-ket o‘tkazilgan 12- jangini nokaut bilan yakunlagani holda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘tgan dam olish kunlari Tokio-2021 Olimpiada chempioni o‘zining o‘n ikkinchi professional jangini AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi «Dignity Health Sports Park» majmuasida 10 raundli jangda amerikalik Kertis Xarper bilan o‘tkazdi.

Bo‘yi 2,01 metr bo‘lgan o‘zbekistonlik boks ustasi uchinchi va to‘rtinchi raundlarda raqibini ikki marta nokautga uchratdi.

Ikkinchi nokdaundan so‘ng hakam Tomas Teylor 10 raundga rejalashtirilgan jangni to‘rtinchi raundning 10:53 daqiqasidan so‘ng to‘xtatdi va “Katta o‘zbek” Bahodir Jalolov jisman yirikligi va zarbasining og‘irligi tufayli o‘n ikkinchi professional karyerasidagi 12-g‘alabasini 12- nokaut bilan qo‘lga kiritdi.

Germaniyaning “Boxen1” nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli oltin medali sohibi og‘ir vazn toifasida jahon reytingida yuqori pog‘onalarni egallab turgan bokschilar bilan, xususan, imkon qadar kelgusi yil WBC kamari uchun Tayson Fyuri bilan jang qilishni istashini o‘tgan hafta maʼlum qildi. O‘zbekistonlik yengilmas yosh chapaqayning janglarini ko‘rgan har bir kishi uni vaziyatni o‘zgatirib yuborishiga shubha qilmaydi.

Bahodir Jalolov kelgusi ikki yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun isteʼdod va kuchga ega bo‘lgan Arslanbek Mahmudov, Filip Xrgovich, Martin Bakole, Frank Sanches va Fabio Uordli kabi yosh, og‘ir vazn toifasidagi bokschilardan biridir, deb yozadi “Boxen1” nashri.

Mavzuga oid

Ravshan Ermatov OFK konferensiyasida ish...

Shu kunlarda OFKga aʼzo assotsiatsiyalar bosh kotiblari hamda mintaqaviy assotsiatsiyalar ...

Germaniyada o‘zbek kurashi tobora ommala...

Avval xabar qilinganidek, shu yil 8 may kuni Frankfurt-Mayn shahrida kurash bo‘yicha O‘zbe...

O‘zbekiston bokschilari xalqaro turnirda...

22-27 fevral kunlari Ukrainaning Krivoy Rog shahrida boks bo‘yicha sport ustasi A.Asaulenk...

So`nggi yangiliklar