26/Noyabr/2022 Vatandoshlarimiz
DUBAY, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda xorijda istiqomat qiladigan vatandoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Siz O‘zbekistonni bilasizmi?» xalqaro onlayn viktorinasida faol ishtirok etgan BAAda vaqtincha yashayotgan 2 nafar hamyurtimizga esdalik sovg‘alari va mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasining faxriy yorlig‘i topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida hayotga tadbiq etilayotgan yoshlarga oid siyosatning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
“Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida»gi va «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.