Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Yanvar/2023   Iqtisodiyot

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

DUBAY, 28 yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasida  «IBMC Financial Professionals Group» kompaniyasi rahbarlari Sajiz Kumar  va Yelena Pendurova bilan muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot avvalida mehmonlarga so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi mavqei mustahkamlanib borayotgani, Prezident Shavkat  Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, ularning faoliyati kafolatining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlangani haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, mamlakatimizning energetika, neft-kimyo sanoati, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish, AKT, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish va bank-moliya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ulkan istiqbollari mavjudligi urg‘ulandi.   

Sajiz Kumar O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ishbilarmon doiralar vakillariga qaratilayotgan eʼtiborni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini bildirdi.

«O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar bizning kompaniyamizni ham qiziqtirayapti. Biz o‘zbek hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz», deb taʼkidladi u.

 Muzokaralar yakunida «IBMC Financial Professionals Group» kompaniyasi bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish, xususan zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.  

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ayrim transport vositalari...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solis...

«Jizzakh Petroleum» kompaniyasi tomonida...

«Jizzakh Petroleum» kompaniyasi tomonidan MDHda yagona kimyoviy kompleks loyihasi amalga ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov boshchiligidagi eksp...

So`nggi yangiliklar