Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/May/2021   Sayyohlik

BAA aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytirada

TOSHKENT, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Transport vazirligida BAA aviatsiya maʼmuriyati vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Transport vazirligi maʼlum qilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Parvozlar chastotasini ko‘paytirish, yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish  xususida fikr almashildi.

Ikki mamlakat aviatsiya maʼmuriyati vakillari maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishdi:

-«Fly Dubai» aviakompaniyasi Dubay – Toshkent – Dubay yo‘nalishida parvozlar chastotasini haftasiga 5 tadan 6 ta reysga oshiradi;

-«Air Arabia PJSC» aviakompaniyasi Sharja – Toshkent – Sharja yo‘nalishida parvozlar chastotasini haftasiga 2 tadan 3 ta reysga ko‘paytiradi;

-«Air Arabia Abu Dhabi» aviakompaniyasi esa Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlar chastotasini haftasiga 2 tadan 4 ta reysga qadar ko‘paytiradi.

Shuningdek, «Wizz Air Abu Dhabi» aviakompaniyasiga Buxoro va Urganch shaharlariga parvozlarni amalga oshirish huquqi berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida konstruktiv muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida kelishib oldi.

Mavzuga oid

MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazi...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi raisligida «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi dav...

O‘zbekistonning Misrdagi turizm elchisi ...

O‘zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov mazkur mamlakat parlam...

Samarqandda «Discovering Uzbekistan» bir...

Bugun Samarqandda «Discovering Uzbekistan» birinchi xalqaro sayyohlik konferensiyasi o‘z ...

So`nggi yangiliklar