Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

«Asdaa Oman» gazetasi O‘mon-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi haqida

MASQAT, 20-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘mon Sultonligining «Asdaa Oman» gazetasi sahifasida «O‘mon-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi» sarlavhali axborot materniali bosilib chiqdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Unda ikki mamlakat qo‘shma komissiyasining videokonferensiya aloqasi vositasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining tafsilotlari atroflicha qalamga olingan.

Maqolada O‘mon tomoniga Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari shayx Xalifa bin Ali bin Iso al-Xarsiy, O‘zbekiston tomoniga esa Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi rahbari Shuxrat Vafoyev raislik qilgani qayd etilgan.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari, mushtarak manfaat kasb etadigan aloqalarning muhim yo‘nalishlari, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingani o‘monlik gazetxonlarning e’tiboriga havola etilgan. 

Uchrashuvda O‘mon Sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi, O‘zbekiston Respublikasining Masqat shahridagi elchixonasi vakili hamda har ikki mamlakatning qator rasmiy vakillari ishtirok etishgani ham ma’lum qilingan. 

Mazkur maqola bilan gazetaning quyidagi veb-sahifasi havolasi (https://asdaaoman.com/اللجنة-العمانية-الأوزبكية-المشتركة-ت/) orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid

“Foodaffairs.it” nashri O‘zbekiston va I...

“Foodaffairs.it” kundalik onlayn gazetasi O‘zbekiston va Italiya mintaqalari o‘rtasidagi...

AQSH va Kanada ommaviy axborot vositalar...

AQSH va Kanadaning yetakchi ommaviy axborot vositalari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qa...

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbek...

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekiston» gazetasi bosh muharriri savollariga javobla...

So`nggi yangiliklar