Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Aprel/2020   Sport

Artur Taymazov Vladikavkazdagi o‘zbek talabalariga yordam ko‘rsatdi


TOSHKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining sobiq aʼzosi Artur Taymazov Vladikavkaz shahridagi Shimoliy Kavkaz tog‘-metallurgiya institutida tahsil olayotgan va o‘sha yerda talabalar turar joyida qolgan o‘zbekistonlik talabalarga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Olimpiya qo‘mitasi manbasiga asoslanib. – Talabalar turar joyida 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba istiqomat qiladi. O‘zbekiston mening ikkinchi vatanim, men sevadigan davlat ekanini hamma biladi, – dedi A.Taymazov. – Mening butun sport faoliyatim O‘zbekiston bilan bog‘langan. Bu ajoyib mamlakatni, o‘zbek xalqini yoqtiraman. Shunday ekan, bu yigitlar hayotiga eʼtiborsiz qaray olmayman. Agar bizning yaqinlarimiz ham O‘zbekistonda shunday qolib ketishganida, shak-shubha yo‘qki, bu xalq ularni eʼtibordan chetda qoldirmas edi. O‘zbekiston – eng mehmondo‘st mamlakatlardan biri. Artur Taymazov O‘zbekiston sharafini Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida munosib himoya qilgan. U erkin kurash bo‘yicha ko‘p karra Olimpiada va jahon chempionidir.
 

Mavzuga oid

Sportning taekvondo (ITF) turi bo‘yicha ...

G‘olib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining diplomi hamda esdalik sovg‘...

Kurash milliy sport turini 2028 yilgi Ol...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uni...

Markaziy Osiyo o‘yinlarining qayta tikla...

2021 yildan mintaqamiz mamlakatlari o‘rtasida Markaziy Osiyo o‘yinlarining tiklanishi, und...

So`nggi yangiliklar