Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Fakt

“ArMI-2022”: Farg‘onada “Yo‘l patruli” musobaqasi boshlandi

TOSHKENT, 17-avgust.  /“Dunyo” AA/. Kecha Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi harbiy qism o‘quv markazida “ArMI—2022” VIII  Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan “Yo‘l patruli” musobaqasi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departmentidan maʼlum qilinishicha, mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirligi va ishtirokchi davlatlar masʼullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, faxriylar va yoshlar, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Alisher Norboyev, so‘ng Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanov so‘zga chiqdi va tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklar ekan, barcha qatnashchilarga omad tiladi.

Mavzuga oid

Farg‘ona viloyati hokimligi delegatsiyas...

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya bugun amaliy safar b...

O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitrajin...

Bugun Toshkentda "O‘zbekistonda xalqaro tijorat arbitrajini rivojlantirishning istiqbollar...

Qirolicha Yelizaveta ikkinchining dafn m...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida...

So`nggi yangiliklar