Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

AQSHdan munosabat: Islohotlar bo‘yicha umumxalq referendumining o‘tkazilishi juda demokratik va shaffof jarayon hisoblanadi

NYU-YORK, 25 mart. /“Dunyo” AA/. Kolumbiya universitetining xalqaro va ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha professori, Kolumbiya universiteti Xalqaro va ijtimoiy munosabatlar maktabining Piker kasbiy taʼlim markazi direktori Uilyam Eimike “Dunyo” axborot agentligiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan quyidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:


- Men O‘zbekiston bilan yaxshi tanishman - 2019 va 2021 yillarda bo‘lib o‘tgan parlament va Prezident saylovlarini kuzatishda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan edim.

Bo‘lajak umumxalq referendumida Konstitutsiyaga kiritilishi uchun ovozga qo‘yiladigan o‘zgartishlar loyihasi atroflicha o‘rganib chiqilgach, ayrim kuzatishlarimni o‘rtoqlashmoqchiman.

Birinchidan, islohotlar bo‘yicha umumxalq referendumini o‘tkazish juda demokratik va shaffof jarayon hisoblanadi.

Ikkinchidan, hujjatda ehtiyojmand odamlarni ishonchli himoya qilishga birinchi darajali eʼtibor qaratilgan.

Uchinchidan, atrof muhiti va gender huquqlari, uy-joy mulki huquqi va harakatlanish erkinligi hisobiga inson huquqlari taʼrifi kengaygan.

To‘rtinchidan, adolatli ish haqi huquqi juda muhim qo‘shimcha hisoblanadi.

Beshinchidan, maktabgacha va maxsus taʼlimni kengaytirish adolatli va teng huquqli O‘zbekiston yo‘lidagi muhim qadamdir.

Oltinchidan, shaharlar bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi talab qilinishi odamlar beradigan ovozning salmog‘ini oshiradi.

Yettinchidan, ommaviy axborot vositalari erkinligini mustahkamlash bu maqsadga sodiqlikka muvofiqdir.

Sakkizinchidan, fuqarolik jamiyati tashkilotlarini himoya qilishni kengaytirish hukumatning xalq oldida hisobdorligini saqlashga va shaffoflikni oshirishga ko‘maklashadi.

To‘qqizinchidan, qonun chiqaruvchi organga Bosh prokuror, Hisob palatasini saylashda kuchliroq ovoz berishning taqdim etilishi, korrupsiyaga qarshi va monopoliyaga qarshi organlarga vakolatlar berilishi yana-da kuchli va demokratik qonunchilik hokimiyatini yaratadi.

Va nihoyat, sudlarning mustaqilligini mustahkamlash adolatli va teng huquqli jamiyat taʼminlanishiga xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Turkiyadan munosabat: “Mening konstituts...

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘...

Mamlakatmizning Guanchjoudagi (XXR) Bosh...

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08.00 da (Toshkent vaqti bilan 05.00) “O‘zbekiston Respubli...

BAAdagi vatandosh: Inson qadri, shaʼni v...

Birlashgan Arab Amirliklarida “Mehmondo‘stlik sohasidagi o‘zgarishlar” kitobini ingliz til...

So`nggi yangiliklar