30/Iyun/2022 Konstitutsiyaviy islohotlar
NYU-YORK, 30-iyun. /“Dunyo” AA/. San Fransisko universiteti (AQSH) magistranti Botirjon Azizov mamlakatimizda umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida o‘z fikr-mulohazalarni yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
- Biz xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayapmiz. O‘z navbatida, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ushbu ijobiy o‘zgarishlar bizni quvontirmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqaro demokratik tamoyillar va mezonlar asosida amalga oshirilayotgan jarayon bo‘lib, bu faqatgina inson qadri, xalqimiz farovonligi va vatanimiz taraqqiyotini ko‘zlagan holda olib borilmoqda. Chunki bugungi globallashuv va dunyodagi turli notinchliklarni hisobga olgan holda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarning davomiyligi Asosiy qonunimizning nechog‘li mustahkamligiga ham bog‘liq.
Xorijda tahsil olayotgan men kabi minglab talabalar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Kelgusida Vatanga qaytib, barcha salohiyatimizni jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida safarbar etamiz.