Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2022   "Dunyo" AA reportaji

AQSH elchisi: Ushbu tadbir turfa ranglar go‘zalligi festivali, fasli bahor ramzidir

 NAMANGAN, 22-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Namanganda ish boshlagan anʼanaviy Gullar festivali xorijlik mehmonlarning ham eʼtiborini o‘ziga tortayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri voqea joyidan.


- Men Namangandagi ushbu gullar festivalida birinchi marotaba qatnashmoqdaman, - dedi Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi elchisi Deniel Rozenblyum. – Bu gullarning betakror  go‘zalligini o‘zida jam etgan ajoyib tadbirdir. Ushbu tadbir turfa ranglar go‘zalligi festivali, fasli bahor ramzidir. O‘z oilam aʼzolari bilan unda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman.

Eslatib o‘tamiz: bugun ertalab rang-barang gullar bilan bezatilgan 200 dan ziyod avtomobil va mototsikllar viloyat markazidagi ko‘chalar bo‘ylab harakatlandi. Ushbu xalqaro festivalda mamlakatimiz mintaqalari hamda dunyoning 22  mamlakatidan kelgan 250 nafar mohir floristlar, ikebana sanʼati vakillari va landshaft dizaynerlari o‘z sanʼatini namoyish etmoqda. Festivalga atab 300 turdagi 16 millionta gul ko‘chatlari o‘tqazilgan edi.

Har bir o‘zbekistonlik uchun go‘zallikda tengsiz ajoyib voqea hisoblanadigan ushbu Gullar festivali Namanganda 1961 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Festival 5 iyunga qadar davom etadi.

 

 

 

Mavzuga oid

700 yillik tarixga ega Jumalikizik qishl...

Jumalikizik qishlog‘i Istanbul sharqida, Bursa shahri yaqinida, Ulug‘tog‘ etaklaridagi bah...

Buxoroda “QuWatt” brendi ostida AI-95 av...

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida “QuWatt” brendi ostidagi AI-95 mahalliy avtobenzinini...

Toshkentda Islom taraqqiyot banki Boshqa...

Bugun O‘zbekiston poytaxtida Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik...

So`nggi yangiliklar