Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Fevral/2022   Sanalar

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbek maktabida Navoiy va Bobur merosiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi

NYU-YORK, 22-fevral. /«Dunyo» AA/. Nyu-York shahrida faoliyat olib borayotgan «Ziyo Art» o‘zbek maktabida o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandalari - Alisher Navoiyning 581 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi doimiy vakolatxonasi va Nyu-Yorkda tashkil etilgan «Mahalla USA» nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.   

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, shavkatli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ular qoldirgan buyuk meros haqidagi fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Badiiy kechada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va  ruboiylardan parchalar o‘qildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan Navoiy va Bobur hayotiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

«Ziyo Art» o‘zbek maktabida «O‘zbek tili va adabiyoti», «Matematika», «Odobnoma», «Tasviriy san’at» va «Shaxmat» fanlaridan saboq beriladi. Darslar shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistondan keltirilgan maxsus o‘quv dasturlari asosida malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi. 

Doimiy vakolatxona tashabbusi bilan 2021 yilning noyabr oyida O‘zbekistondan keltirilgan 400 ziyod badiiy asarlar, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotidan namunalar maktab kutubxonasiga taqdim etilgan edi.

Mavzuga oid

Ozarbayjonda Bobur tavallud kuniga bag‘i...

Ozarbayjondagi yetakchi nashrlardan biri - “Adabiyat gazeti” gazetasining elektron portali...

Finlyandiyadagi vatandosh: Davlatimiz ge...

Finlyandiyada tahsil olayotgan yurtdoshimiz Odamboy Jumanazarov yurtdoshlarimizni O‘zbekis...

Portugaliyadagi vatandosh: O‘zbekiston b...

O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Portugaliyanin...

So`nggi yangiliklar