Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2020   Jamiyat

Adliya vazirligi va Buyuk Britaniyaning Hukumatlararo hamkorlik xizmati o‘rtasida aloqalar yana-da chuqurlashadi

TOSHKENT, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi T.Torlou va Buyuk Britaniyaning Hukumatlararo hamkorlik xizmati rahbari N.Smit tomonidan 2020 yil dekabr oyidan 2021 yil mart oyiga qadar mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Adliya vazirligi maʼlum qilishicha, tomonlar uzoq yillik o‘zaro manfaatli hamkorliklari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi yillarda ham birgalikda samarali ishlashni davom ettirish istagini bildirgan.

Anglashuv memorandumini samarali amalga oshirish uchun alohida tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Memorandum doirasidagi barcha tadbirlar Britaniya tomonidan beg‘araz moliyalashtiriladi.

Dastur doirasida samarali boshqaruvni amalga oshirishda islohotlar o‘tkazish va xalqaro tajribani tatbiq etish uchun amaliy qo‘llanmalar, loyihalarni boshqarish, Adliya vazirligi xodimlari uchun markaziy, hududiy va tuman darajalarida ekspert-seminarlar va boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid

Buxorodagi “Eski ruslar” va “Birodarlik”...

Buxoro shahar hokimligi tomonidan Buxoro shahridagi “Eski ruslar” hamda Kogon shahridagi “...

Turk kompaniyasi Uchqo‘rg‘on tumanida yi...

Viloyat hokimligida Turkiyaning «Kanimed Saglik Cozumleri LTD» kompaniyasi boshqaruv keng...

Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlar...

Xabar qilinganidek, 2020 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati t...

So`nggi yangiliklar