Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Sentabr/2020   Sayyohlik

O‘zbekistonda ichki turizmni qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda

TOShKENT, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatda ichki turizmni qayta tiklash va faollashtirish uchun mahalliy avia hamda temir yo‘l reyslari qatnoviga ruxsat berildi. Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan sayohatlarni tashkil qilishda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda ichki turizmni qayta tiklash va faollashtirish choralari ko‘rilyapti, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri qo‘mita ma’lumotiga asoslanib.



Komissiya qarori bilan shaxsiy avtotransport vositalarining kun davomida to‘liq harakatlanishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi, ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, hostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari, muzeylar faoliyatiga, respublikaning barcha hududlari o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini qayta tiklanishiga ruxsat berildi.

Bunga asosan hududlar kesimda mahalla, yoshlar va mehnat jamoalarining sayohatga chiqish grafik jadvali tasdiqlanib, turoperatorlar tomonidan sayohatlarni tashkil etilishi uchun kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Shuningdek, sayohatlarni tashkil etishda aholi orasida, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibоt ishlarini amalga oshirish hamda hududlarning turizm salohiyati haqidagi videoroliklarni namoyishlari tashkil etilmoqda.

Qayd etish o‘rinli, turoperatorlardan hamda “e-mehmon” dasturidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 24 avgustidan 14 sentyabr sanasiga qadar (20 kun ichida) jami 69 ming nafar fuqarolarning sayohatlari amalga oshirilib, shundan 13 ming nafardan ortig‘i turoperatorlar orqali, 56 ming nafari mustaqil ravishda mamlakatimizning Samarqand, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bo‘ylab sayohat qildi.

Pandemiya ta’sirida ko‘plab turoperatorlar o‘z faoliyatini ichki turizmga moslashtirildi, jumladan yuqorida uyushtirilgan sayohatlar 35 ta turoperatorlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, shulardan 10 tasi ilgari xalqaro yo‘nalishda faoliyat olib borgan turoperatorlar hisoblanadi.
 

Mavzuga oid

O‘zbekistonning eng ommabop va ko‘p tash...

Avstriyaning Kurier gazetasi veb-sahifasida O‘zbekistonning keng sayyohlik imkoniyatlariga...

Dehli shahri Jomeʼ masjidi Maslahat keng...

Mamlakatmizning Hindistondagi elchixonasida Dehli shahri Jomeʼ masjidi Maslahat kengashi b...

Ichan qalʼa Jahon merosi markazi tomonid...

Xivaning Ichan-qalʼa tarixiy markazi Yaponiya hukumati ko‘magida Jahon merosi markazi tom...

So`nggi yangiliklar