Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Fevral/2023   Ilm-fan

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida qadimiy qo‘lyozmalarni tadqiq etish bo‘yicha aloqalar jadallashadi

QOHIRA, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixona ko‘magida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Misr Kitoblar va milliy arxivlar uyi bosh hayʼati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir chog‘ida ikki muassasa o‘rtasidagi Anglashuv memorandumining  loyihasi mutaxassislar darajasida muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar tarix va madaniyat mavzularini qamrab olgan maqolalarni ikki davlatning ilmiy jurnallarida chop etish, qo‘lyozma asarlarini birgalikda tadqiq etish, ularni tiklash, elektron nusxalarini olish, o‘zaro konferensiya va forumlar o‘tkazish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralar natijasi o‘laroq, Anglashuv memorandumi o‘zaro muvofiqlashtirilgani holda imzolanish uchun tayyor holga keltirildi.

Mazkur hujjatni O‘zbekiston - Misr iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 7-yig‘ilishi doirasida imzolash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 54-Xalqaro Me...

54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat

Ibn Sino maktab-internatining 160 nafar ...

Maktab-internatining 7-10-sinf oʼquvchilari xalqaro hamda Butunrossiya onlayn olimpiadalar...

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda bank...

O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov «Percetakan Nas...

So`nggi yangiliklar