Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Dekabr/2021   Sanalar

“Nippon akademi” bilan o‘zbekistonlik mutaxisslarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi


TOKIO, 7 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi vakillari Gunma prefekturasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif chog‘ida yapon tilini o‘rgatish va chet el ishchilarini jalb qilishga ixtisoslashgan “Nippon akademi” taʼlim muassasasi prezidenti Simizu Masumi, direktori Suzuki Yosiyuki, xorijiy talabalarni jalb qilish va o‘qituvchilarni tayyorlash o‘quv dasturi direktori Kasivazaki Tayemi, boshqa masʼul xodim va o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Nippon akademi” 1990 yilda tashkil topgan bo‘lib, tilshunoslik (yapon mehmonxonalari va restoranlarida ishlash uchun amaliy yapon tili), AKT (veb-saytlar ishlab chiqish, grafik dizayni, dasturlash) va sog‘liqni saqlash (bemorlarni parvarishlash sohasida kadrlarni tayyorlash) yo‘nalishlari bo‘yicha Yaponiyada keyinchalik ishga joylashish uchun xorijiy mutaxassislarni tayyorlaydigan qator taʼlim muassasalarini o‘z ichiga oladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhiddinov va Monomarkaz direktori D.Ikromova bilan onlayn-muloqot o‘tkazilib, mamlakatimiz fuqarolarini o‘qishga tayyorlash maqsadida ularga yapon tili va talab qilinadigan mutaxassisliklarni o‘rgatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zbekistonlik fuqarolarning malakasini oshirish va keyinchalik Yaponiyada ishga joylashtirish, shuningdek, 2022 yilning mart oyidan boshlab respublikada “maxsus malakaga ega ishchilar” vizasini olish uchun test sinovlarini o‘tkazish kabi masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shu bilan birga, “Nippon akademi” rahbariyati bilan O‘zbekiston oliy bilim yurtlari va Prezident taʼlim muassasalari uchun “Zum” raqamli platformasi orqali yapon tili kurslarini bepul asosda tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Darslar onlayn tarzda o‘tkazilishini inobatga olganda, unda respublikaning bir qancha muassasalarining talaba va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkinligi taʼkidlab o‘tildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston oliy bilim yurtlaridan birida Yapon tilini o‘rganish markazini ochish masalasi ham muhokama qilindi. “Nippon akademi” ushbu taklifni respublikaning oliy o‘quv yurtlari bilan batafsil o‘rganishga tayyorligini taʼkidladi.

Mavzuga oid

Bobur jahon tarixida kuchli madaniy alma...

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Milliy gvardiya Harbiy texnika instituti tomon...

Ukrainadan tabrik: Konstitutsiya qabul q...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Kiyev siyosiy ...

Belgiyadan munosabat: Dunyoning qaysi bu...

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizni...

So`nggi yangiliklar