Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Oktabr/2022   Sayyohlik

30 noyabr - 2 dekabr kunlari «Ipak yo‘lida turizm-2022» Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi tashkil etiladi

TOSHKЕNT, 6 oktabr. /«Dunyo» AA/. Shu yil 30 noyabr – 2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zexpomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Ipak yo‘lida turizm - 2022» Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA  muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro yarmarka Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi «Milliy PR-markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan «SAYS» kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Yarmarkaning biznes dasturi ishtirokchilari uchun forum o‘tkaziladi.

Forum doirasida «Media loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi», «Mamlakat sayyohligini rivojlantirishda davlatning o‘rni», «Gastronomiya – mamlakatning alohida identifikatori sifatida», «O‘zbekistonda turizmning rivojlanayotgan turlari», «Turizmda xalqaro raqobat va brending», «Xizmat ko‘rsatish sohasidagi muvaffaqiyatsizliklar, qanday qilib ularning oldini olish mumkin, xodimlarning yetishmasligi bilan qanday kurashish kerak?» mavzularidagi sho‘’ba seksiyalari o‘tkaziladi.

Ushbu seksiyalar nafaqat O‘zbekistondagi, balki dunyo miqyosida turizm sohasiga oid eng qiziqarli va dolzarb mavzular bilan interaktiv tarzda tanishish va muhokama qilish imkonini beradi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayz...

O‘zbekiston elchixonasi Putrajayya shahrida o‘tkazilgan Malayziya Islom turizmi haftaligin...

Blogerlar Birlashgan Arab Amirliklarida ...

Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasida taniqli chet ellik va milliy blogerlar isht...

Saudiya Arabistoni tur-kompaniyalari bil...

Mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi Makka shahridagi «Travel Gate» kompani...

So`nggi yangiliklar