Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Aprel/2022   Eksport

2022 yil yanvar-fevral oylari bo‘yicha O‘zbekistondan eksport ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘ntaligi maʼlum qilindi

 TOSHKENT, 4-aprel. /“Dunyo” AA/. Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondan eksport ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo” AA muxbiri.


Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston mahsulot eksport qilgan davlatlar o‘ntaligida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 346,8 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Keyingi mamlakatlar quyidagi tartibda joy olgan:

Xitoy - 310,5 million dollar;

Turkiya - 238,4 million dollar;

Qozog‘iston - 141,7 million dollar;

Qirg‘iziston - 115 million dollar;

Afg‘oniston - 94,6 million dollar;

Tojikiston – 65,3 million dollar;

Ukraina - 36,1 million dollar;

Eron – 23,7 million dollar;

Turkmaniston - 18,8 million dollar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarni tashkil etdi.

Mavzuga oid

Mahsulotni eksport qilishda tashish xara...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘z...

O‘zbekistonda yetishtirilgnan yeryong‘oq...

«Global Export» kompaniyasi mamlakatimizning Londondagi elchixonasi hamda Investitsiya va ...

2021 yil O‘zbekistonda gilam eksporti sa...

O‘zbekiston 2021 yilda 18 mamlakatga qiymati 42,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan gila...

So`nggi yangiliklar