12/Iyun/2022 Sanalar
TOSHKENT, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun dunyo hamjamiyati Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kunini nishonlamoqda, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu kun Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan taʼsis etilgan bo‘lib, har yili 12 iyunda nishonlanadi. Taqvimga yangi sana kiritish g‘oyasi 1997 yilda Amsterdam va Osloda bo‘lib o‘tgan bolalar mehnatining eng yomon shakllariga qarshi kurash hamda bolalar mehnati bo‘yicha xalqaro konferensiyalardan so‘ng paydo bo‘ldi.
XMT birinchi bo‘lib 2002 yilda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kunini o‘tkazdi. Uning maqsadi ushbu muammoga va uni bartaraf etish choralari zarurligiga eʼtiborni qaratish edi. Har yili 12 iyun kuni hukumatlar, ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlari, fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, dunyodagi millionlab odamlar bolalar mehnatiga qarshi kurashish uchun o‘z kuchlarini birlashtiradilar.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, dunyoda 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan mehnatga layoqatli bolalar soni 160 millionni yoki 63 million qizlar va 97 millioni o‘g‘il bolalardir. Ularning yuz milliondan ortig‘i zamonaviy qullik qurbonlari hisoblanadi, 79 millioni esa xavfli ishlar bilan band. Ularning ko‘pchiligida maktabga borishga deyarli vaqt yo‘q, o‘ynash u yoqda tursin, ko‘pincha ular to‘g‘ri ovqatlanish va parvarishdan ham mosuvo.
Buning oqibatlarini yumshatish strategiyasisiz mehnat bilan shug‘ullanadigan bolalarning soni qashshoqlik va zaiflikning oshishi tufayli 2022 yil oxiriga kelib 8,9 millionga yetishi mumkinligi taxmin taxmin qilinmoqda.
XMTga aʼzo davlatlar bolalar mehnatining eng yomon shakllarini iloji boricha tezroq bartaraf etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydi. Bunga erishish uchun ham faoliyat doirasini kengaytirish, ham siyosiy irodani mustahkamlash talab etiladi.
So‘nggi yigirma yil ichida dunyo bolalar mehnatini kamaytirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. 2000-2020 yillar mobaynida bolalar mehnati bilan shug‘ullanadigan bolalarning soni 16% dan 9,6% ga - 85,5 millionga qisqardi.
2008 yili Xalqaro mehnat tashkilotining bolalar mehnatiga oid ikkita konvensiyasini O‘zbekiston ratifikatsiya qildi. O‘sha paytda ilk bor mustaqil monitoring qilish uchun Xalqaro Mehnat Tashkilotini O‘zbekistonga kiritishga ruxsat berilgan edi.
2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha taʼsirchan chorlar ko‘rilganini taʼkidlagan edi.
2019 yilning 1 aprel kuni Bryussel shahrida eʼlon qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotida Jahon banki tomonidan O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatdan tizimli foydalanishga barham berilgani eʼtirof etilgan.
O‘zbekiston Xalqaro Mehnat tashkilotning «Majburiy mehnat to‘g‘risida» gi 29-sonli, «Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida» gi 105-sonli, «Eng kichik yosh to‘g‘risida» gi 138-sonli, «Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida» gi 182-sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qilgan.
2022 yil 10 martidan eʼtiboran “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasiga global boykotni bekor qilingani bu sohadagi salmoqli muvaffaqiyat bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: inson huquqlari himoyachilari, masʼul investorlar va biznes tashkilotlarining «Cotton Campaign» - global koalitsiyasi islohotlar o‘zbek ishchilari, fermerlari va fuqarolik jamiyatiga foyda keltirishi uchun mamlakatdan mahsulotlar masʼuliyatli yetkazib berilishini rag‘batlantiradi. 2009 yilda 331 ta brend va riteyler kompaniyalari, jumladan,C&A, Gap Inc., H&M, Tesco va Walmart kabilar o‘zbek paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini olgan