28/Iyun/2021 Eksport
TOSHKENT, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimiz joriy yanvar-may oylarida qiymati 291,6 million dollarga teng meva va sabzavot eksport qilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yanvar-may oylarida eksport qilingan meva va sabzavot turlari va miqdori quyidagicha: meva va rezavorlar – 70,2 ming tonna, quritilgan meva va rezavorlar – 25,8 ming tonna, sabzavotlar – 419,7 ming tonna, qalampir – 6,5 ming tonna, uzum – 2 ming tonna, mayiz – 16,3 ming tonna, yeryong‘oq – 9,4 ming tonna, tarvuz-qovun – 2,8 ming tonna.