30/Mart/2023 Konstitutsiyaviy islohotlar
BRYUSSEL, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti direktori Aksela Gotels O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan quyidagi fikr-mulohazalarini “Dunyo” axborot agentligi bilan o‘rtoqlashdi:
- Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti ko‘p yillardan buyon Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishini, jumladan, O‘zbekistonda siyosiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar jarayonlarini kuzatib kelmoqda.
Biz demokratik rivojlanishda taraqqiyotni, shuningdek, institutsional islohotlar va demokratik yondoshuvlar samaradorligini ko‘rmoqdamiz.
O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar demokratiya yo‘lida tashlangan keyingi qadamdir.
Bunday islohotlar xalqaro amaliyot uchun odatiy holdir. Inson huquqlari va demokratik konstitutsiyaviy tuzum o‘rtasidagi munosabatlar Konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy islohotlarni qabul qilishga olib keladigan jarayondan boshlanadi. Bunday jarayon, qoida bo‘yicha, jamiyatning barcha tarmoqlari vakillarining keng ishtirokida amalga oshirilsa, muvaffaqiyatli natijalarga eltadi.
Shunday ekan, Konstitutsiyaviy islohotlar davlatning samarali ishlashi uchun zarurdir, chunki mamlakatning Asosiy qonuni barqarorlashtiruvchilik vazifasi ijrosini taʼminlaydi va asosan huquqiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda barqarorlikni saqlashga, ijtimoiy asoslar va eng muhim milliy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi.
Telegram: Yevropadan munosabat: Konstitutsiyaviy islohotlar davlatning samarali ishlashi uchun zarurdir
Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti direktorii Aksela Gotels