Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Yanvar/2022   Sayyohlik

«Xiva tarixidan lavhalar» kitob-albomi nashr etildi

 TOSHKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Xorazm Maʼmun akademiyasi tomonidan «Xiva tarixidan lavhalar» kitob-albomi o‘zbek va rus tillarida nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu kitob-albomda Xiva shahrining vujudga kelishi, ijtimoiy hayoti, aholining etnik tarkibi, hunarmandchilik, dehqonchilik mashg‘ulotlari, xivaliklar madaniyati va sanʼatiga doir qimmatli maʼlumotlar. qo‘lyozma asarlar, arxiv maʼlumotlari, elchi va sayyohlarning esdalik va xotiralari, nodir manbalar asosida ilk bor kompleks yoritilgan.

Kitob-albom mahalliy va xorijiy sayyohlar, oliy o‘quv yurti talabalari, gid-yo‘lboshlovchilar hamda yurtimiz tarixi bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Mazkur kitob-albomning afzaligi shundaki, barcha maʼlumotlar yangi va noyob manba hamda adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, kitobda mavzuga doir ko‘plab nodir suratlarning mavjudligi har qanday o‘quvchini o‘ziga jalb qila oladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda noyabr oyi «Keksalar uchun...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvva...

O‘zbek milliy liboslari Janubiy Koreyani...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Kyonsan-Pukto provinsiyasining Andong shahrida o‘tkaz...

Ozarbayjonning Guba tumani jamoatchiligi...

Ozarbayjonning Guba tumanida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘...

So`nggi yangiliklar