Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2022   Sayyohlik

Xiva shahri 2024 yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilindi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Xiva shahri 2024 yilda  «Islom dunyosining turizm poytaxti» deya eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra,  Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024 yil «Islom dunyosining turizm poytaxti» deya eʼlon qilishga doir qaror qabul qilindi.

“Islom dunyosining turizm poytaxti” nominatsiyasi uchun Abu-Dabi (BAA), Shanliurfa (Turkiya), Laos (Nigeriya), Dushanbe (Tojikiston) va Xiva (O‘zbekiston) shaharlari o‘zaro kurashdi. Sessiya ishtirokchilari bir ovozdan Xiva shahri nomzodini tanladi.

Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholandi.

- “Islom dunyosining turizm poytaxti yili” doirasida Xiva shahrida IHTga aʼzo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik maʼmuriyatlari rahbarlarining yig‘ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi, - dedi O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov. – 2018 yilda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston vakillari Malayziyada tashki...

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziya turizm, san’at va madaniyat vazirligi tomonida...

Turizm sohasida xizmat ko‘rsatishga oid ...

Mamlakatimizda turizm sohasi va ob’ektlarida xalqaro xavfsizlik standartlarini joriy qilis...

«Chorvoq darvozasi» va “Yusufxona” majmu...

Turizm va sport vazirligida ommaviy axborot vositalari uchun Bo‘stonliq tumanini komplek...

So`nggi yangiliklar