Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Oktabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

Xirosimada Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi

TOKIO, 2-oktabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston elchixonasi Yaponiyaning "Balcom Group" kompaniyasi va Xirosima shahri savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "Yangi O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyati" mavzusida biznes-forum tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Tadbirda Yaponiya tashkilotlari va kompaniyalarining 70 dan ortiq rahbar va vakili ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov mamlakatimizning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishi, xususan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, respublikaning sanoat, savdo, sayyohlik salohiyati, biznes va sarmoya kiritish uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Balcom Group" rahbari Tetsuro Yamasaki O‘zbekistonda biznes yuritishning muvaffaqiyatli tajribasi haqida gapirib berdi. Tadbirkor O‘zbekiston kimyo sanoatiga 10 million dollar sarmoya kiritgan, Namangan viloyatida restoran ochgan, «Kunigi» kompaniyasi bilan birgalikda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda va O‘zbekistonda hamkorlikdagi biznes ko‘lamini kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, Tetsuro Yamasaki o‘z kompaniyalari faoliyatiga o‘zbekistonlik mutaxassislarni faol jalb qilmoqda.

Tetsuro Yamasaki biznes-forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda faol ishlash, kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirishni tavsiya qildi hamda o‘zbek-yapon munosabatlarining yanada rivojlanishi va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishini bildirdi.

Yaponiya stajorlar va malakali ishchilar xalqaro hamkorlik tashkiloti vakolatxonasi direktori Masafumi Ochiay o‘zbekistonlik texnik stajorlarni Yaponiya kompaniyalariga ishga jalb qilish va 5 yillik muddatga ishchi viza olish tartibiga oid taqdimot o‘tkazdi. Uning ta’kidlashicha, tashkilot chet eldan Yaponiya kompaniyalarida ishlash uchun 360 mingdan ortiq stajorni jalb qilishni rejalashtirmoqda, biroq pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu rejani ortga surishga majbur qildi.

Biznes-forum doirasida Yaponiyaning O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqish bildirayotgan tashkilotlari va xususiy biznes vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar uyushtirildi.

Shuningdek, «OTAFUKU» kompaniyasi raisi Naoyeshi Sasaki bilan muzokaralar olib borildi va kompaniyaning 40 dan ortiq turdagi ketchup, oziq-ovqat souslari va boshqa qo‘shimchalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodi faoliyati bilan tanishildi. Kompaniya raisi O‘zbekistondan sabzavot va ziravorlar import qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

«ANDERSEN» kompaniyasi raisi Hayashi Harukiga O‘zbekistonning sarmoya kiritish va eksport salohiyati, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar va erishilgan iqtisodiy taraqqiyot haqidagi ma’lumot taqdim etildi. Unga O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish taklifi bildirildi.

Tadbirlar natijasida Yaponiyaning O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishga qiziqish bildirayotgan tashkilotlari va kompaniyalari vakillari bilan investitsiyalar va eksport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish, Xirosima prefekturasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Hukumat komissiyasi Surxondaryo viloyati...

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzaqov rahbarligida v...

Toshkent viloyatida hindistonlik tadbirk...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida “Heat Healthcare Pvt Ltd” korxonasi boshqaruv...

Afg‘oniston O‘zbekiston temir yo‘lchilar...

Joriy yil 12-14 aprel kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l delega...

So`nggi yangiliklar