Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Parlament

Xalqaro media-xollda xotin-qizlarning saylovdagi faolligini oshirish masalalari xususida fikr almashildi


TOSHKЕNT, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media-xollda «Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbir xotin-qizlarning siyosiy faolligi, xususan, elektoral madaniyatini oshirish sohasida parlament, jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari, qonun ijodkorligi sub’ektlari hamda huquqni qo‘llash amaliyoti vakillarining xotin-qizlar siyosiy ongini yuksaltirish, jamiyatda ularning faolligini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Anjumanda, Oliy Majlis Senati  raisi, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

T.Norboyeva hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlari, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani, saylovlarda ayollarning o‘rni beqiyos ekani, bugungi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanganligiga e’tibor qaratdi. O‘zbekistonda ayollar saylov jarayonlarining barcha bosqichlarida faol qatnashishlari uchun erkaklar bilan teng sharoitlar yaratilganligini hisobga olib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish siyosatini kuchaytirish muhim masala ekanligiga urg‘u berdi.

Konstitutsiyada xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi hamda fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish, umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqlari asosida yashirin ovoz berish kabi saylov huquqlarini amalga oshirishning asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur konstitutsiyaviy normalar esa, 2019 yilda qabul qilingan Saylov kodeksida to‘laligicha o‘z ifodasini topgan.

Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada ham ayollar barcha saylovlarda, hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng sharoitlarda ovoz berish huquqi hamda milliy qonunchilikda belgilangan tartibda saylanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Qayd etib o‘tish kerak, Prezident saylovi jarayonida ayollarimiz ham saylovchi, ham prezidentlikka nomzod, ham saylov komissiyasining a’zosi, ham kuzatuvchi, ham ishonchli vakil sifatida erkaklar bilan birga teng sharoitda va erkin ishtirok etmoqda.

Xususan, bugungi kunda Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarining 104 nafari va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda xotin-qiz saylovchilar soni qariyb 11 millionni tashkil etadi.

Spikerlar bo‘lajak siyosiy jarayonda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning o‘z konstitutsiyaviy huquqidan erkin foydalanishi, o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahallalarda bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligini qayd etdi.

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari tomonidan har bir mahallada, qishloq va ovullarda, shahar va tumanlarda xotin-qizlarning saylovlarda faol ishtiroklarini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilangan muddat davomida kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy...

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalp...

Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashda...

Bugun «Tinchlik, ishonch va xavfsizlikni mustahkamlashda xotin-qizlarning roli» mavzusida ...

COVID-19 pandemiyasi paytida migrantlarg...

Bu savolga Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomo...

So`nggi yangiliklar