Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Yanvar/2022   Sayyohlik

«Visit Uzbekistan Music» madaniy loyihasi Buxorodan boshlandi

 TOSHKENT, 17 yanvar. /“Dunyo” AA/. Buxoroda  «Visit Uzbekistan Music» keng ko‘lamli videoloyihasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Turizm va sport vazirligidan maʼlum qilinishicha, ushbu loyiha anʼanaviy va zamonaviy madaniyatni targ‘ib qilish hamda zamonaviy o‘zbek madaniyati namoyandalari ijodi orqali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda targ‘ib etishga qaratilgan. Ushbu tadbir doirasida yil davomida mamlakatimizning barcha hududlarida suratga olish ishlari rejalashtirilgan. Ilk suratga olish ishlari Buxoro hududida amalga oshiriladi.

 COVID-19 pandemiyasidan so‘ng butun dunyo bo‘ylab tarixiy joylarda musiqiy videomahsulotlarni suratga olishda o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Misol uchun, Britaniyaning “Coldplay”  guruhi Iordaniyaning tarixiy poytaxti manzaralari aks ettirilgan videokonsertni yozib oldi, Andrea Bocelli Milandagi duomo (sobor)da konsert berdi, bastakor Lyudoviko Eynavdi Shimoliy muz okeanidagi muzlikda o‘z mahoratini namoyish etdi.

 O‘zbekistonda bu yo‘nalishni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Asqar va “Safo” guruhi boshlab berdi.

 Kliplarni suratga olish ishlari va jonli ijrodagi konserti “Dinara&Co” media kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyati hokimligi hamda Turizm va sport bosh boshqarmasi ko‘magida tashkil etildi. Suratga olish ishlarini tajribali rejissyor Isteʼdod Usmonov olib bormoqda. Rejissyor O‘zbekiston madaniy merosi obidalaridan Buxoro amirining «Sitorai Mohi xosa» yozgi saroyi, eski shahar va Kogon saroyida suratga olish ishlarini amalga oshirdi.

Mavzuga oid

Dehli shahri Jomeʼ masjidi Maslahat keng...

Mamlakatmizning Hindistondagi elchixonasida Dehli shahri Jomeʼ masjidi Maslahat kengashi b...

Hind kompaniyasi Samarqand va Buxoroda m...

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘y...

MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazi...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi raisligida «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi dav...

So`nggi yangiliklar