Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/May/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O'zbekistonda charm-poyabzal sanoati rivojlanishi Germaniya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

BERLIN, 22 may. /“Dunyo” AA/. «Germany Trade & Invest» (GTAI)  agentligi saytida mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan «O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati markaziga aylanmoqda» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.


Nashrda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston 2026 yilga qadar yillik charm-poyabzal mahsulotlari eksportini uch baravar oshirishni maqsad qilgan.  «Birgina 2022 yilda ushbu sohaga 200 million AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritiladi. O‘zbekistonda poyabzal va charm sanoati har yili xorijiy biznes sheriklar uchun yana-da ko‘proq hamkorlik imkoniyatlarini taklif etmoqda. Bir tomondan, bu mashinalar, uskunalar va materiallarni sotishga tegishli. Bundan tashqari, charm mahsulotlarini sotib olish va mahalliy fabrikalarda dunyo brendlari yorlig‘i ostida poyabzal ishlab chiqarishga buyurtma berish imkonini taqdim etadi», deb qayd etadi  manba.

Maqolada, shuningdek, sanoatni kengaytirish boy va sifatli xomashyoga, ishchi kuchining katta salohiyatiga, shuningdek, qulay ishbilarmonlik muhitiga va ishlab chiqarish xarajatlarining pastligiga tayanishi mumkinligi taʼkidlangan. Terini qayta ishlash korxonalari qattiq va yuqori sifatli charm ishlab chiqaradi.

«2022 uchun eʼlon qilingan 130 dan ortiq loyihaning umumiy qiymati taxminan 220 million AQSH dollarni tashkil etadi. 2021 va 2020 yillarda sohaga yalpi kapital quilmalar yiliga o‘rtacha 196 million dollarga yetdi, - deyiladi maqolada. -  2022 yilga mo‘ljallangan va oldingi ikki yilda amalga oshirilgan investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi ham ancha ortgan».

Maqolada 2022 yilga rejalashtirilgan loyihalar ichki bozorni charm-poyabzal mahsulotlari bilan to‘liq taʼminlashga yordam berishi qayd etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning penitensiar xizmati soha...

Latviyaning nufuzli «Diena» nashri elektron portalida «O‘zbekistonning penitensiar xizmat...

Amerika OAV O‘zbekiston qishloq xo‘jalig...

Amerikaning mashhur nashrlaridan biri “Eurasianet.org” “O‘zbekiston: yuqori texnologiyalar...

Afg‘oniston gazetasida Toshkentda bo‘l...

Afg‘onistonning «The Kabul Times» gazetasida Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik ...

So`nggi yangiliklar