20/May/2022 TIV yangiliklari
TOSHKENT, 20-may. /«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Moskva shahrida Rossiya Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Zamir Kabulov bilan muzokaralar o'tkazdi, de xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri. TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston va Rossiyaning afg'on inqirozini tinch yo'l bilan hal etish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, Afg'oniston xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish va boshqa ko'mak borasidagi sa'y-harakatlari muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, Afg'onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatning yangi hokimiyatiga nisbatan umumiy pozisiyasini ishlab chiqish, Afg'onistonda gumanitar inqirozning oldini olish, mamlakatda transport va energetika sohasida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi. O'zbekiston va Rossiyaning afg'on mavzusi bo'yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan birday manfaatdor ekani ta'kidlandi.