Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   TIV yangiliklari

O'zbekiston TIV rahbari Isroil turizm vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 18- may. /«Dunyo» AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Isroil turizm vaziri Yoel Razvozov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston-Isroil hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Isroil tomoni O'zbekistonning sayyohlik salohiyati va bu borada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlarni yuqori baholadi. Ta'kidlanganidek, so'nggi paytlarda butun dunyoda, jumladan, Isroilda ham O'zbekistonga istiqbolli sayyohlik yo'nalishi sifatida qiziqish ortib bormoqda. O'zbekistonga sayyohlar oqimini ko'paytirish, mamlakatimiz turizm sanoatini rivojlantirish, sayyohlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar turlarini takomillashtirish va kengaytirish bo'yicha aniq takliflar ko'rib chiqildi.


Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Turkiya elchisi Olgan B...

O‘zbekistonda Latviyaning yangi elchisi ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya elchisi etib tayinlangan Reynis...

O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vaz...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Isroil tashqi ishlar vaziri Yair ...

So`nggi yangiliklar