29/Iyun/2022 Markaziy Osiyo
TOSHKENT, 29 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Ashxobodda VI Kaspiy sammiti o‘z ishini boshlaydi,deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sammitda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etadi.
«Turkmenistan segodnya» axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv arafasida Kaspiybo‘yi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda besh mamlakat rahbarlarining sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
VI Kaspiy sammiti 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik u 2022 yilga qoldirildi.