Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Sanalar

Turkiyadagi vatandosh: Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan takliflar nafaqat huquq va burchlarimiz, balki yurtimiz kelajagining ham kafolatidir

 ISTANBUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahridagi «O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati» rahbari Ozoda Islomova “Dunyo” AA uchun sharhida umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida taklif etilayotgan yangi norma va qo‘shimchalarni izohladi.


-Bugun mamlakatimizda tarixiy-siyosiy jarayon, yaʼni bizning huquq va burchlarimizni kafolati hisoblangan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish muhokama qilinmoqda. Bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yana-da mustahkamlash va inson qadrini oshirish uchun xizmat qiladi.

Konstitutsiyamizning 22-moddasida taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning chegarasi tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqini himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishini kafolatlash bu vatandoshlarimizning xorijda bo‘lsada, yolg‘iz emasligini va uning ortida O‘zbekiston turganligini ifodalaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish jarayoniga befarq bo‘lmasligimiz va faol bo‘lishimiz kerak, deb hisoblayman. Chunki Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus nafaqat huquq va burchlarimiz, balki kelajagimizni ham kafolatidir.

Dunyo globallashuvi jarayonida inson qadrini ulug‘lash kabi oliy qadriyatlarni Asosiy qonunga kiritilishi millatning huquqiy ongini yana-da yuksalishiga katta turtki berishiga aminman.

Biz, Turkiyadagi vatandoshlar davlatimiz rahbari tomonidan xorijdagi yurtdoshlarimiz, xususan xotin-qizlarga, ularning haq va huquqlarini taʼminlashga qaratilgan siyosatini his qilayapmiz.

Xususan, men, o‘zbek ayollarining vakili, ularning huquqini himoya qiluvchi jamiyat rahbari sifatida ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlikdan minnatdorman. Bugungi kunda biz O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi va diaspora vakillari bilan hamkorlikda katta marralarni ko‘zlagan holda faoliyat olib borayapmiz. Maqsadimiz Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbek xotin-qizlarining haq-huquqlarini taʼminlashdan iborat.

Mavzuga oid

Navro‘z Tailandda nishonlandi

Navro‘z bayrami munosabati bilan mamlakatimizning Tailanddagi Bosh konsulligida tantanali...

O‘zbekiston Yoshlari kuni Bursada keng ...

Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbekistonning Bursadagi faxri...

So`nggi yangiliklar