Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Yanvar/2022   Sayyohlik

Turkiya ommaviy axborot vositalari Toshkent viloyatining qishki sayyohlik imkoniyatlari haqida

ANQARA, 12 yanvar. /«Dunyo AA/. «TRT Avaz» veb-saytida  “O‘zbekistonda qishki turizm” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilganidek, O‘zbekistonda qishki turizmni rovojlantirish va bu yo‘nalishda turli zamonaviy inshootlarni barpo etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

“Toshkent viloyatida yaqinda foydalanishga topshrilgan yangi dor yo‘li  qishqi turizmni rivojlantirsh bo‘yicha navbatdagi qadam bo‘ldi, - deb yozadi manba. - Yangi dor yo‘li xorijiy sayyohlar va mahalliy aholi uchun maroqli dam olish imkoniyatini yaratgani barobarida tog‘ cho‘qqisiga chiqish yo‘llarini ham qisqartirdi. Ushbu loyiha dam oluvchilarga xavfsiz sayohat qilish imkoniyatini ham oshiradi”.

 Maqolada O‘zbekiston bo‘ylab tog‘, sport, sog‘lomlashtirish, tog‘li, chang‘i va gastronomik turizmni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilayotgani maʼlum qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston joriy qish mavsumida ko‘plab mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qilishni rejalashtirgani qayd etilgani barobarida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda turk kompaniyalari bilan hamkorlik izchil davom etayotganiga alohida eʼtibor qaratilgan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, yurtimizning rang-barang sayyohlik imkoniyatlari doimiy ravishda Turkiya ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida turibdi. Turk ommaviy axborot vositalari tomonidan taʼkidlanayotganidek, «ota yurt»ning tarixiy va ziyorat turizmini chuqur idrok etgan turk xalqi uchun O‘zbekiston sayyohlik industriyasidagi yo‘nalish – qishki turizm imkoniyatlarini targ‘ib etish har ikki tomon uchun naf keltiradi.

Mavzuga oid

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida yangi ...

Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida «Amirsoy Ekspress» yangi dor yo‘li ...

Tokioda Yaponiya sayyohlik agentliklari ...

Mamlakatimiz elchixonasi xodimlarining Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA) ra...

Turizm sohasida xizmat ko‘rsatishga oid ...

Mamlakatimizda turizm sohasi va ob’ektlarida xalqaro xavfsizlik standartlarini joriy qilis...

So`nggi yangiliklar