24/Oktabr/2020 Ilm-fan
SAMARQAND, 24-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning Anqara universiteti bilan hamkorlikda «Movarounnahrda tafsir ilmining rivojlanishi» mavzuida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Seminarda Markaz ilmiy xodimlari va yurtimizda diniy-maʼrifiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot va muassasalarning yosh olim va tadqiqotchilari hamda taniqli olim, Turkiyaning Anqara universiteti professori Ismoil Chalishkan ishtirok etdi.
Professor Ismoil Chalishkan seminar davomida Movarounnahrda tafsirning boshlanishi va taniqli mufassirlar, Samarqand va Buxoro tafsir maktablari hamda mashhur tafsir asarlari haqida o‘zining ilmiy tadqiqotlari davomida to‘plangan maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.