Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi boshlandi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo mamlakatlar jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi gibrid shaklda boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda sport sohasi rahbarlari va tegishli tuzilmalar vakillari SHHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida yuqori darajadagi sport musobaqalarini tashkil etish, sport sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, tomonlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlod vakillarini sport mashg‘ulotlariga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashadi.

Taʼkidlash joizki, uchrashuv doirasida SHHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik  bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish rejasi tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, SHHT sport jabhasi  rahbarlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport orqali do‘stona aloqalarni mustahkamlash, sportchilarni rag‘batlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashadilar.

Mavzuga oid

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar tashqi ...

Toshkent shahridagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MA...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vladimir Norov Xitoy elchisi Szya...

SHHT Kotibiyatida yangi “Toshkent” zali ...

SHHT kotibiyati binosida yangilangan “Toshkent” zalining tantanali ochilish marosimi bo‘li...

So`nggi yangiliklar