Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Avgust/2022   O'zbekistonning ShHTga raisligi

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari Ayollar forumi boshlandi

TOSHKENT, 19-avgust.  /“Dunyo” AA/. Bugun ertalab poytaxtimizdagi Kongress-xollda sakkiz mamlakat vakillari ishtirokida Shanxay hamkorlik Tashkilotining Ayollar forumi ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Forumni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi rahbari Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochdi.

SHHT Bosh kotibi Chjan Minning ham forumda onlayn shaklda so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Forum doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini oshirish va ularning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kuchaytirish, xotin-qizlar tadbirkorligining SHHT mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, SHHT mamlakatlarining barqaror va inklyuziv rivojlanishida ayollarning roli, pandemiya muammolarini bartaraf yetishda gender hissasi va boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan shoʻba majlislari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid

SHHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari ...

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) raisligi doirasida kecha Toshkentda ...

COVID-19: Dushanba kuni mamlakatimizda 1...

Dushanba kuni O‘zbekistonda 12 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani holda kasall...

Bilaval Bxutto-Zardariy: SHHT mintaqasi ...

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ili...

So`nggi yangiliklar