Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2022   Hamkorlik

Toshkentda Janubiy Koreya kompaniyasining marketing markazi ochildi

TOSHKENT, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasining Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori Li Chol U boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga amaliy safari doirasida poytaxtimizdagi O‘zbekiston-Janubiy Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida “Daegu-Gyeongbuk Machinery Cooperative” (DGMC) tashkilotining Marketing markazi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maʼlumotiga ko‘ra, shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda uyushma raisi Ilhom Haydarov, Janubiy Koreyaning Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernatori Li Chol U, “DGMC” tashkiloti raisi Choi U Gak va boshqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘qimachilik sohasida samarali aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi.

– Mamlakatimiz to‘qimachilik sohasi tizimli rivojlanib bormoqda, – dedi «O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov. – Bu bevosita yurtimizdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ana shunday yutuqlar tufayli respublikada yetishtirilayotgan paxta yuz foiz qayta ishlanmoqda. Shuningdek, soha bo‘yicha yillik eksport hajmi 3 milliard dollardan oshdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida siyosiy-iqtisodiy sohalar qatorida to‘qimachilik yo‘nalishida ham mustahkam aloqalar o‘rnatilganligi, bugungi kunda to‘qimachilik tizimida Janubiy koreyalik hamkorlar ko‘magida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani, mazkur markazning ochilishi ana shunday samarali aloqalar natijasi ekani alohida taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, Koreya Respublikasi to‘qimachilik sohasi yutuqlari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Ayniqsa, sohaga raqamli va “yashil” texnologiyalarni tatbiq etishda katta imkoniyatlar mavjudligi eʼtiborga loyiq.

Li Chol U tadbirda so‘zga chiqib, ikki davlatning o‘zaro aloqalari to‘qimachilik sohasiga yangi texnologiyalarni joriy etishda keng imkoniyat taqdim etayotganini qayd etdi.

Tadbir doirasida to‘qimachilik korxonalariga tashriflar, mahalliy xamkorlar bilan “B2B” shaklidagi uchrashuvlar o‘tkazildi, ishtirokchilar o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyaning Kvanju va Pyontek sha...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘l...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rs...

O‘zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xodimlari hamda Davlat xizmatlarin...

Markaziy Osiyoda chegaralarni kompleks b...

YEI Markaziy Osiyodagi chegaralarni boshqarish dasturining 10-bosqichi (BOMCA-10) doirasid...

So`nggi yangiliklar