Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Toshkent viloyati maʼmuriy markazida «Nurafshon-Korea New City Project» loyihasi amalga oshiriladi


 SEUL, 2 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes-assotsiatsiyasi  raisi o‘rinbosari Kim Chan Kon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar «Nurafshon-Korea New City Project» loyihasining amalga oshirish jarayonini muhokama qildi, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha rejalarni belgilab oldi.

«Nurafshon-Korea New City Project» loyihasi bo‘yicha ishlar 2021 yil 28 aprel kuni Nurafshon shahar hokimligi va Biznes-assotsiatsiya o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida bajarilmoqda. Loyiha 150 gektar maydonni qamrab olgan bo‘lib, bu yerda Janubiy Koreya anʼanalariga mos tarzda shakllantirilgan yangi shahar tumani qad rostlaydi. Bu maskanda, shuningdek, yong‘inga qarshi mutaxassislar tayyorlash markazi, shifoxona, universitet va boshqa inshootlar joy oladi. Ayni paytda tuman infratuzilmasi konsepsiyasi va uni rivojlantirish bo‘yicha reja ustida qizg‘in ishlar olib borilmoqda.

Muzokaralar davomida Janubiy Koreya vakillari loyihaning rivojalantirish jadvali va “Bosh rejasi”ni taqdim etdi, shuningdek, hududlarni taʼminlash va infratuzilmani yaratish shartlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida tomonlar joriy yil oxirigacha «Nurafshon-Korea New City Project» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rasmiy shartnoma tuzish va yangi tumanni rivojlantirish bo‘yicha asosiy ishlarni hayotga tadbiq etib borish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 

Mavzuga oid

Latviya O‘zbekistonning raqamli texnolog...

Latviya tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda amalga oshirish uchun 3 ta grant loyihasini...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi taʼ...

Respublikamizning xorijiy davlatlar bilan taʼlim va madaniyat sohalaridagi aloqalarini riv...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan «Oltin daftar»ga kiritilgan, Janubiy Koreyada faoliyat...

So`nggi yangiliklar