29/May/2023 Ta'lim
TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Hindiston madaniy aloqalar bo‘yicha kengashi bosh direktori Kumar Tuhin bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mehmon universitetda talabalarga sharq tillari, jumladan hind tilini o‘rganish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, Hindiston oliy taʼlim muassasalari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari bilan tanishdi.
Tadbirda ikki tomonlama ilmiy-akademik aloqalarning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kumar Tuhin O‘zbekistonga tashrifi doirasida qator muassasa va idoralar, xususan, Samarqand davlat universiteti va Toshkentdagi hind tilini o‘rganishga ixtisoslashgan 24-son maktabda bo‘ldi.