Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor etdi

TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir  Makeyning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


«Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Vladimirovich Makeyning bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik, deyiladi TIV rasmiy saytida eʼlon qilingan xabarda. Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o‘z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi.

Uning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy intilishi alohida eʼtiborga molik. Ayniqsa, so‘nggi yillarda u O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.

Vladimir  Makey o‘zidan ijobiy va yorqin xotiralar qoldirdi.

Vladimir Vladimirovich Makeyning hamkasblari, yaqinlari va do‘stlariga hamdardlik va dalda so‘zlarimizni bildiramiz».

Mavzuga oid

Tashqi ishlar vazirligida xorijdagi dipl...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov mamlakatimizning xorijda...

Tashqi ishlar vazirligida Isroilning “MA...

Bugun Tashqi ishlar vazirligida Isroil Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorl...

Vladimir Norov: “O‘zbekiston-Ozarbayjon...

Toshkentda tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalariga masʼul bo‘lgan vaz...

So`nggi yangiliklar