18/Yanvar/2022 Dolzarb
TOSHKЕNT, 18 yanvar. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 17-18 yanvar kunlari O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Teletabobat sohasidagi hamkorligi Konsepsiyasi loyihasinining muhokamasi bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur Konsepsiyani ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi 2020 yili SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi chog‘ida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi.
Bo‘lib o‘tgan onlayn muzokaralar chog‘ida tomonlar SHHTga a’zo mamlakatlarning Teletabobat sohasidagi hamkorligi Konsepsiyasi loyihasini kelishib oldilar.