Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/May/2022   Parlament

Senat raisi BMTning yangi doimiy muvofiqlashtiruvchisini qabul qildi

TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. Kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Roli Astxana bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish, jumladan, milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari muhokama qilindi.

BMT vakiliga O‘zbekistonda aholi turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Gender masalalari bo‘yicha hamkorlikning turli jihatlari, xususan, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy va shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati qo‘mitasida Orolbo‘yi...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mit...

O‘zbekiston Nogironlar huquqlari to‘g‘ri...

O‘zbekiston Prezidenti «Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani (Nyu-York, 2006 yi...

Oliy Majlis Senati Raisi O‘zbekistonning...

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva MDH PAning 52-yalpi majlisidan so‘ng bo‘lib o‘t...

So`nggi yangiliklar