Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Oktabr/2022   Parlament

Senat raisi AQSH davlat kotibining yordamchisi vazifasini bajaruvchini qabul qildi

TOSHKENT, 5-oktabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibining global aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudoni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishda «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus»ning o‘rni va faoliyati samaradorligi taʼkidlandi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ayollar tadbirkorligi hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tenglikni taʼminlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Xususan, ayollarning huquqlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston parlamenti va hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirish, ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi muntazam siyosiy aloqalarni faollashtirish, mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, alohida tarmoqlar rahbarlarining o‘zaro tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Bunday yondoshuv barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Elizabet Kennedi Tryudo O‘zbekistonga AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi tarkibida mamlakatdagi o‘zgarishlarning yuksak natijalari bilan tanishish uchun kelgan edi. Amerika delegatsiyasining O‘zbekistonda bo‘lishi davomida Oliy Majlis, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, oliy o‘quv yurtlarida uchrashuv va muzokaralar, shuningdek, Jizzax va Toshkent viloyatlariga tashriflari rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri...

Oliy Majlis quyi palatasi spikerining 1-o‘rinbosari, Parlamentlararo Ittifoq vitse-prezide...

Qonunchilik palatasi 9 oy davomida: Parl...

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari parlamentl...

Oliy Majlis Senati «Gender tenglik faoli...

Oliy Majlis Senati hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi birgalikda har bir tashkilo...

So`nggi yangiliklar