Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Sentabr/2021   Saylov - 2021

Saylov-2021: Ekspert guruhi imzo varaqalarini tekshirishga kirishdi


TOSHKЕNT, 9 sentabr. /«Dunyo» AA/. Markaziy saylov komissiyasining ekspert guruhi imzo varaqalarini tekshirishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Markaziy saylov kamissiyasi Matbuot xizmati ma’lumotga ko‘ra, Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 5 kunlik muddatda tekshiriladi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi lozim bo‘ladi.
Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhlari tuzildi.
Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar, adliya organlarining kriminalist, xatshunos ekspert-mutaxassislari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari jalb etildi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etmoqda.
Qayd etish joizki, Ekspert guruhlari tomonidan tekshirish uchun saylovchilarning har biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari bir xil miqdorda, har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng nisbatda tanlab olinadi.
Agar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tanlab olingan imzo varaqalarining chorak qismidan ko‘prog‘ini tekshirish natijasida imzo varaqalari qonun buzilgan holda tuzilganligi aniqlansa, mazkur imzo varaqalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga qaytariladi va unga kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki kunlik muddat beriladi.
Agar qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning (saylovchilarning) imzolari soni belgilangan eng kam miqdordan yana oz bo‘lib chiqsa, mazkur imzo varaqalari to‘lig‘icha haqiqiy emas, deb topiladi. Bunday holda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni rad etadi.
Agarda Siyosiy partiya taqdim etgan hujjatlar, shu jumladan, saylovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo‘llab-quvvatlab berilgan imzolari Saylov kodeksi talablariga mos kelsa, Markaziy saylov komissiyasi navbatdagi yig‘ilishlaridan birida siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olish masalasini ko‘rib chiqadi.

Mavzuga oid

Erondan munosabat: Men o‘z ovozimni Yang...

Eronda tashkil etilgan 53-sonli saylov uchastkasida O‘zbekiston Prezidenti saylovida Tehr...

Belgiyadagi yurtdoshlarimiz yorqin kelaj...

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08.00 da mamlakatimizning Belgiya Qirolligidagi elchixonasi...

Dehli shahrida O‘zbekiston Prezidenti sa...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 51-saylov uchastkasida...

So`nggi yangiliklar