Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Fevral/2020   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Rasmiy: Toshkent xalqaro investisiya forumi noyabr' oyiga qoldirildi


TOShKENT, 21 fevral. /"Dunyo" AA/. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston rahbariyati tadbir ishtirokchilari, mamlakatimiz aholisi va mehmonlari orasida koronavirus tarqalishining oldini olish zarurati munosabati bilan Toshkent xalqaro investisiya forumi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi majlisini keyinga qoldirishga qaror qildi.

Anjumanda bildirilishicha, forumga tayyorgarlik ishlari davom ettiriladi.

– Bu biz uchun tadbirlarni yanada puxta va samarali amalga oshirish uchun tayyorgarlikni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatdir, – dedi S. Umurzoqov. – Shuningdek, O‘zbekistonda ishlash istagidagi yangi ishtirokchilarni jalb qilishni davom ettiramiz. Forum tashkiliy qo‘mitasi esa bu muddat ichida ishtirokchilarni yangi shartlar bilan xabardor qilib boradi va forumni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvda qayd etilishicha, bugungi kunda forumda ishtirok etish uchun 60 dan ortiq mamlakatdan 1 ming 700 dan ortiq vakil ro‘yxatdan o‘tgan.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, forumda taqdim etish uchun energetika, kimyo, to‘qimachilik kabi qator sohalarda loyihalar ishlab chiqilgan. Forumni o‘tkazish sanasi shu yilning noyabr' oyiga qoldirilgan bo‘lsa-da, ushbu loyihalarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish ishlari jadal sur'atlarda davom ettiriladi.

Mavzuga oid

Polshada Toshkent xalqaro investitsiya f...

«Polsha-Osiyo» savdo-sanoat palatasida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va joriy yil 5...

Yevropalik ishbilarmonlar I Toshkent xal...

O‘zbekistonning Belgiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilyor Hakimov Bryusselda tashkil...

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi...

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi (GIShQ) saytida joriy yil 5-6-mart kunlari Toshke...

So`nggi yangiliklar