Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Oktabr/2022   Ilm-fan

Qanqa yodgorligida XI-XII va VII-VIII asrlarga oid mahobatli inshoot qoldiqlari topildi

TOSHKENT, 25-oktabr. /“Dunyo” AA/. Qanqa yodgorligida olib borilgan izlanishlar natijasida XI-XII va VII-VIII  asrlarga oid mahobatli inshoot qoldiqlari topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi  Milliy arxeologiya markazi Qanqa majmuasi ekspeditsiyasining 2022 yili Toshkent vohasining eng yirik shaharlaridan bo‘lgan tarixiy Qanqa yodgorligida olib borgan arxeologik izlanishlari davomida vohaning o‘rta asrlar tarixiga oid yangi maʼlumotlar kashf etildi.

Jumladan, XI-XII asrlar bilan davrlashtirilgan uzunligi 12 metr, kengligi 6.30 m bo‘lgan katta zal topildi. Uning kirish qismidagi poli pishiq g‘ishtlar bilan terilgan. Zalning yon devorlari qalinligi 1.30 m kenglikda ekanligi uning mahobatli inshootligidan dalolat beradi.

Zalning janubiy-g‘arbiy burchagida yon devorlari ham pishiq g‘isht bilan qoplangan bo‘lib, kuchli olov natijasida kuyganligi bu yerda yog‘ochdan ishlangan peshtoq ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Yong‘in natijasida peshtoqdan qulab tushgan yirik yog‘och qoldiqlari ham aniqlanib, ularning saqlanib qolganlari sinchiklab o‘rganilganda yuza qismlari o‘yma naqshlar bilan bezalganligi maʼlum bo‘ldi.

Qazish ishlari davomida, shuningdek, o‘rta asr qatlamlari ostida ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lgan yana bir yirik inshoot qoldiqlari topildi. Inshoot Qanqa yodgorligining ilk o‘rta asrlarga tegishli ibodatxonaning sharqiy tarafida joylashganligi ushbu yirik qurilish qoldiqlari ibodatxona bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi.

2022 yilga mo‘ljallangan dala-qazish tadqiqotlari yakunlandi. Yuqoridagi fikrlar dastlabki tadqiqot natijalari xulosalari bo‘lib, taqdim etilgan maʼlumotlar qayta ishlangach, to‘liq yakuniy xulosalar beriladi, deyiladi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati maʼlumotida.

Mavzuga oid

Jizzax pedagogika instituti bilan Belaru...

Jizzax davlat pedagogika instituti va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika unive...

Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan Xi...

Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorliklarining ho...

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida ...

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida Konsultatsiya–Sall Senter faoliyati ish boshladi...

So`nggi yangiliklar