Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Pokistonning Karachi shahrida muddatidan oldin ovoz berish tashkil etildi


ISLOMOBOD, 18-oktabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Pokistonning Karachi shahri va unga tutash hududlarda doimiy asosda yashovchi va vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini ta’minlash uchun mamlakatimizning Islomoboddagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 28-saylov uchastkasi tomonidan muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Karachi shahrida uyushtirilgan ko‘chma saylov punktida saylovchilar O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar, ularning saylovoldi dasturlari, sohaga oid qonunchilik hujjatlari bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar ta’minlandi. Tadbir mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

Saylovchilar qonuniy huquqlaridan foydalangan holda o‘zlari ma’qul deb topgan nomzodga ovoz berdi.

Hozirda Pokistonda tahsil olayotgan fuqaromiz Jasurbek Tulayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Mamlakatimizdan olisda bo‘lsak ham, Prezident saylovida ishtirok etishimiz, o‘z ovozimizni berishimiz uchun yaratilgan sharoit Yangi O‘zbekistonda hech bir fuqaro e’tibordan chetda qolmasligidan, ularning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash davlatning bosh shiori ekanidan dalolat beradi. 

Aga Xan nomidagi tibbiyot universiteti talabasi Nur-ul-Huda Shahansha ilk bor saylovda ishtirok etgani, o‘z ovozining mamlakatimizning keyingi taraqqiyoti uchun muhimligini anglashdan mamnun ekanini ma’lum qildi:

– Ilk bor saylovda qatnashar ekanman, buning naqadar mas’uliyatli jarayon ekanini, saylovdagi tanlovim davlatimiz kelajagiga ta’sir qilishini chuqur angladim. Yosh avlodning bir vakili sifatida bizga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlardan minnatdorman. Pokistonda yashayotgan O‘zbekiston yoshlari nomidan Vatanimiz kelajagi, uning keyingi taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyorligimizni ma’lum qilaman. Kelgusida Pokistondagi o‘zbek yoshlarining yurtimizdagi tengdoshlarimiz bilan aloqalari chuqurlashishiga, birgalikda yangi marralarni zabt etishimizga umid qilaman.

Shuningdek, Karachi shahrida istiqomat qiluvchi hamyurtimiz Albina Kurtbedinova fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida ular yashayotgan hududda ko‘chma saylov punkti tashkil etilganini e’tirof etdi:

– O‘zbekistonimiz muhim siyosiy tadbir – Prezident saylovi arafasida turibmiz. Biz oilamiz bilan kelib o‘zimiz ma’qul deb topgan nomzodga ovoz berdik. Saylov punktiga voyaga yetmagan farzandlarimizni ham olib keldik. Bolalarimizni Vatanni sevishga, uning taqdiriga befarq bo‘lmaslikka o‘rgatish uchun bu kabi siyosiy va boshqa tadbirlardan unumli foydalanishga haraqat qilamiz. Bugungi saylovdagi tanlovimiz esa, albatta, farzandlarimiz kelajagiga, O‘zbekistonimizning yanada taraqqiy topishida ta’sir etishini yaxshi anglaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, maqsadlarimizga mos keluvchi munosib nomzodga ovoz berdik.

Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish uchun kelgan fuqarolarimiz Vatandan olisda bo‘lsalar ham, qalban ona yurtga yaqinligini, bunda mamlakatimiz elchixonasi ham yordam berayotganini e’tirof etdilar. Yurtdoshlarimiz ushbu qulay fursatdan foydalangan holda o‘zlarining Vatanga sadoqatini izhor etish hamda yaqinlashib kelayotgan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etdi.

Mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi tomonidan fuqarolarimizning bo‘lajak Prezident saylovida ishtirok etishi va o‘zlarining qonuniy huquqlaridan foydalanishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Diplomatiya missiyasi 20 oktabr kuni Lahor shahri va unga tutash hududlarda yashovchi mamlakatimiz fuqarolarining Prezident saylovida ishtirokini ta’minlashda qulaylik yaratish uchun ko‘chma ovoz berish punkti tashkil etilishini eslatib o‘tadi.

Mavzuga oid

Italiyalik parlament a’zolari O‘zbekisto...

Markaziy saylov komissiyasi hamda Italiya parlamentining «Italiya – Markaziy Osiyo» do‘stl...

O‘zbekiston Prezidenti saylovi Eron omma...

Eronning «ITNA News» axborot agentligi veb-sahifasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampa...

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh k...

Mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari Chelyabinsk shahridagi “Agr...

So`nggi yangiliklar