Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Iyul/2022   Sanalar

Nyu-Yorkdagi vatandosh: Davlatimiz gerbi qabul qilingan sana barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega

 VASHINGTON, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Nyu-York shtatining markaziy shifoxonalaridan biri bo‘lgan “Crouse Hospital”da shifokor bo‘lib ishlab kelayotgan vatandoshimiz Turg‘un Farmonov O‘zbekiston Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘z tabrigini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


– Hozirda men oilam bilan Nyu-York shtatining Sirakuzi shahrida istiqomat qilaman. Ko‘pgina o‘zbekistonliklar qatori, biz ham har kuni mamlakatimizda bo‘layotgan yangilik va o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Bugun, 2 iyul – O‘zbekiston davlat gerbi tashkil topganiga 30 yil to‘ldi. Dunyodagi har bir davlat o‘z mustaqilligi va dunyo davlatlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun o‘z gerbi, bayrog‘i va, albatta, madhiyasiga ega bo‘lishi shart. Aynan shu bois bu sana barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.

Ushbu muhim sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklayman. Yuritimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz sog‘-omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Mavzuga oid

Ukrainada Navro‘zi olam bayrami nishonla...

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Lvov shahrida Navro‘z umumxalq bayrami n...

O‘zbekiston-BMT: tinchlik va farovonlik ...

O‘zbekiston 1992 yil 2 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi

Germaniyada dafn etilgan o‘zbek askarlar...

Mamlakatimizda har yili 9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash orqali Ikkinchi...

So`nggi yangiliklar