Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Navoiy viloyatining iqtisodiy salohiyati Litva ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida

 VILNYUS, 28-noyabr.  /“Dunyo” AA/. Litvadagi ommabop Оbzor.lt onlayn gazetasi sahifasida Visagin Ijod va sanʼat akademiyasi o‘qituvchisi Laylo O‘rmanova qalamiga mansub «Uzoq yo‘l va yaqin do‘stlar" sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda Visaginas shahar maʼmuriyati rahbari Erlandas Galaguz boshchiligidagi Litva delegatsiyasining Navoiy shahri bilan yangi tashkil etilgan birodarlik aloqalari o‘rnatilishi doirasida joriy yil 3-7 oktyabr kunlarii O‘zbekistonga buyurgan tashrifi yakunlari qalamga olingan.

"Joriy yilning bahorida Visaginas shahri (Litva) va Navoiy shahri (O‘zbekiston) birodar shaharlarga aylangani to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shu bois delegatsiyamiz biznes va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga bordi", deya izoh beradi muallif.

Uning yozishicha, Navoiy viloyatiga safar davomida delegatsiya orasida «Gidro Stanko Servis» MCHJ ham bo‘lgan xususiy tadbirkorlarning bir nechta zavodlari faoliyati bilan tanishgan.

«Gidro Stanko Servis» MCHJ ishlab chiqarish sohasida bosqichma-bosqich asosan tog‘-kon sanoati, neft-gaz va kimyo sanoati, shuningdek, kichik biznes uchun tovarlar va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Biz biznesni professiolnal tarzda olib boradigan mutaxassislar bilan uchrashdik. Navoiy O‘zbekistonning yetakchi sanoat markazi hisoblanadi. Shaharda Navoiazot OAJ - yirik kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya zavodi, Qizilqumsement OAJ-O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodi, Navoiy mashinasozlik zavodi, oltin qazib olish zavodi, elektrokimyo va paxta tozalash zavodlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Navoiy GRES-viloyat energetikasining asosi va boshqa korxonalar joylashgan», deb yozadi Оbzor.lt onlayn gazetasi.

“Obzor.lt” 2009 yili taʼsis etilgan bo‘lib, onlayn gazeta siyosat, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, biznes, asoprt, moliya, madaniyat va turizm olamidagi eng muhim voqealarni o‘z sahifalarida aks ettiradi. Saytda turli-tuman yangiliklar, tahliliy maqolalar, tadqiqotlar, shuningdek, turli mutaxassislarning fikr-mulohazalari ham 1 milliondan ziyodni tashkil etadigan o‘quvchilarining eʼtiboriga havola qilinadi.

Mavzuga oid

Transafg‘on temir yo‘l magistralining qu...

Malayziyaning “BERNAMA” Milliy axborot agentligi saytida Transafg‘on transport yo‘lagining...

“Jenmin jibao” «Men Xivani ko‘rish uchu...

Xitoyning “Jenmin jibao” yetakchi gazetasining internet tarmog‘idagi veb-sahifasi «Nima u...

“Asia Times” veb-portali “Xitoy-Qirg‘izi...

Xalqaro hayotga oid xabar-maqolalarni tezkorlikda yoritishga ixtisoslashgan “Asia Times” v...

So`nggi yangiliklar